Bo'limda PVX va polipropilen rastrubli kanalizatsiya quvurlari, jumladan Plastherm brendining BEST, TIP-2 va PREMIUM seriyalari bor. Ichki kanalizatsiya uchun (kulrang) va tashqi kanalizatsiya uchun (to'q sariq) quvurlar mavjud. Diametri - 50 dan 160 mm gacha, uzunligi - 250 mm dan 6 m gacha, devor qalinligi nomida va tavsiflarda ko'rsatilgan.
Diametr jihozga qarab tanlanadi: 50 mm odatda rakovina, vanna, dush va kir yuvish mashinasidan chiqishga, 100-110 mm - unitaz va stoyakka, 160 mm - uydan chiqish va tashqi qismlarga qo'yiladi. Yer ostiga yotqizish uchun tashqi kanalizatsiya quvurlari olinadi: ularning devori qalinroq va tuproq bosimiga mo'ljallangan. 250-500 mm li qisqa quvurlar jihozlarni ulash uchun, 2-6 m li uzunlari - stoyak va tarmoq uchun qulay.
Fitinglar - uchliklar, burilishlar, perexodniklar, reviziyalar - qo'shni «Kanalizatsiya uchun fitinglar» bo'limida. Quvur va fitinglar rezina zichlagichli rastrub orqali ulanadi, shuning uchun fiting diametri quvur diametriga mos bo'lishi kerak.
Eshikkacha yetkazib berish - Toshkent bo'ylab, narx og'irlik va hajmga bog'liq va rasmiylashtirishda ko'rinadi. Obyekt uchun katta hajmda mahsulot kartochkasidagi «Narx so'rash» tugmasidan foydalaning.